Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada 13 sentabr kuni so‘nggi 105 yildagi rekord harorat qayd etildi
Buyuk Britaniyada ob-havo seshanba kuni bir necha rekord haroratni qayd etdi va 1911 yildan beri eng issiq darajani ko‘rsatdi, deb xabar beradi britan Meteobyurosi.
Kun o‘rtasida Tselsiy bo‘yicha 32,5 daraja harorat qayd etilganida, bu 1949 yildan beri sentabrning eng jazirama kuni deb qayd etilgan edi. Biroq bir necha soatlardan so‘ng termometr 34,4 darajani ko‘rsatgach, 1911 yil rekordini takrorladi.
ITV telekanalining xabar berishicha, shu kun Britaniyada Bangkok, Ibitsa yoki Marokashga nisbatan ancha issiqroq bo‘lgan.
Maksimal harorat Greyvzend (Kent grafligi) shahrida qayd etilgan.
Meteobyuro aytishicha, yuqori namlikdagi jazirama harorat ayrim insonlar salomatligiga yomon ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z navbatida, aholini ehtiyot choralari ko‘rishga chaqirdi: ko‘proq suv ichib, quyosh tagida ko‘p vaqtini o‘tkazmaslikni so‘radi. Alohida ehtiyotkorlik yurak-qon tomir kasalliklariga ega keksa kishilardan talab etiladi. Shuningdek, kichik bolalar va chaqaloqlarni ham jazirama va quyoshdan asrash kerak, deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
18:07 / 17.07.2026
Manchesterning sobiq meri Britaniya bosh vaziri bo‘ladi
08:41 / 16.07.2026
Jahonda rekord darajadagi jazirama kuzatilishi mumkin
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
17:35 / 14.07.2026