Samsung zilzila tufayli ishlab chiqarishni to‘xtatishiga to‘g‘ri keldi
Samsung kompaniyasi Janubiy Koreya zavodlaridan biridagi ishlab chiqarishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bunga mintaqada ro‘y bergan 5,8 balli yer silkinishi sabab bo‘ldi. Bunday seysmik hodisa mamlakat hududida 1978 yildan buyon kuzatilmagandi.
So‘nggi kunlarda mamlakatda ikki marta kuchli zilzila sodir bo‘ldi. 12 sentabr kuni seysmologlar Rixter shkalasi bo‘yicha 4,9 balli, 13 sentabrda esa - 5,8 balli kuchli silkinishni qayd etishdi. Zilzila markazi Kensan provinsiyasida 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Janubiy Koreyada 40 yildan beri bunday kuchli zilzila kuzatilmagan edi.
Janubiy Koreyaning ko‘plab hududlari, shuningdek Yaponiyaning Kyusyu oroli aholisi yerosti silkinishlarini his qilishdi. Buning natijasida 6 kishi jarohatlangan, vayronagarchiliklar haqida xabar berilmagan.
Insayderlarning ma'lum qilishicha, Samsung zilzila tufayli ishlab chiqarishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Manbaga ko‘ra, bu - ehtiyot chorasi, zavodlarga qanday ziyon yetgani noma'lum.
Janubiy Koreya seysmik jihatdan xavfli hudud hisoblanmas edi, biroq endi tahlilchilar bu qarashlarini qayta ko‘rib chiqishlari mumkin.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
07:30 / 17.10.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
18:44 / 16.10.2024