Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 5 yoshli bola maktabga katta miqdordagi geroin bilan keldi
AQShning Nyu-Djyersi shtatidagi Trenton shahrida 5 yoshli bola maktabga g‘ayriodatiy nonushta to‘plami bilan keldi. Bu haqda Trentonian nashriga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Bolaning buterbrodlar uchun mo‘ljallangan qutisida 30 ta geroin paketchasi bo‘lgan. O‘qituvchining aytishicha, bolakay tanaffus paytida qandaydir paketchani o‘ynab yurgan. O‘qituvchi uni avval konfet deb o‘ylagan, biroq keyin bu giyohvand modda ekanligini tushungan.
Qutida yana shunday 29 ta paketcha aniqlangan. Bola zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan va u yerda uning giyohvand moddadan hech narsa tatib ko‘rmagani aniqlangan. Politsiya bola giyohvand moddani qayerdan olgan bo‘lishi mumkinligini aniqlashtirmoqda.
Mavzuga oid
21:33 / 28.05.2026
AQSh va Eron 60 kunlik sulhni kelishdi, biroq Tramp hali uni ma’qullamadi
22:46 / 27.05.2026
Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi va zarbalar qayta boshlanishiga ishora qildi
20:26 / 27.05.2026
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
10:25 / 27.05.2026