OAV Unilever’ning aktrisa Jyessika Albaning kompaniyasini sotib olmoqchi ekanligidan xabardor bo‘ldi

Dove va Domestos kabi brendlar egasi Unilever kompaniyasi Gollivud aktrisasi Jyessika Alba tomonidan asos solingan va ekologik bolalar tagliklari va gigiyenik vositalar ishlab chiqaruvchi Honest Co. kompaniyasini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Nashr manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, Unilever 1 mlrd dollardan ko‘proq qiymatga ega bitimni muhokama qilmoqda. Muzokaralar ilk bosqichida turibdi, Honest aksiyalarini birjaga chiqarishi ham mumkin.
Honest kompaniyasi 2011 yilda yaratilgan. Kompaniya 100 dan ortiq mahsulot, jumladan gipoallergen kir yuvish kukunlari va maishiy tozalash vositalari, bolalar tagliklari, shaxsiy gigiyena vositalari va kosmetik mahsulotlar ishlab chiqaradi. Honest o‘z mahsulotini sayti va Target va Whole Foods Markets kabi reteylerlar orqali sotadi.
Nashrning yozishicha, kompaniya faoliyati davomida 200 mln dollardan ko‘proq investitsiya jalb qilgan va ba'zi investorlar oldida agar kompaniya sotiladigan bo‘lsa ular kiritgan mablag‘ni ikki hissa qilib qaytarishga va'da bergan. 2015 yilda kompaniya 1,7 mlrd dollarga baholangan. Ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya yiliga 300 mln dollarga yaqin daromad oladi.
Kompaniya asoschisi Jyessika Alba 2016 yilda Forbes jurnalining o‘z davlatini mustaqil ravishda to‘plagan AQShning eng badavlat ayollari reytingiga birinchi marta kirdi. Alba bu ro‘yxatda 42-o‘rinni egalladi. Nashr uning boyligini 340 mln dollarga baholagan.
Unilever kompaniyasining Honest’ni sotib olishi tez sur'atlar bilan o‘sayotgan ekologik toza tozalash va gigiyena vositalari bozorida o‘z mavqeini mustahkamlab olishiga imkon beradi. Unilever o‘z mahsulotlarini butun dunyoda sotadi, biroq AQShda Honest bilan raqobatlashmaydi.
Honest esa Procter & Gamble va Clorox kabi yirik kompaniyalar bilan iste'molchilarga kuchli kimyoviy moddalardan holi tozalash vositalarini taqdim qilishga va'da berib raqobatlashishga urinib keladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi
O‘zbekiston | 12:52
-
Qatar bilan yoshlar malakasini oshirish loyihalari ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 12:50
-
Germaniya boshpana berishni rad etish tartibini soddalashtiryapti
Jahon | 12:36
-
Son ham, sifat ham yetarli. Legionerlar muhim o‘yinlarga qanday holatda yetib keldi?
Sport | 12:26
Mavzuga oid

11:53 / 05.09.2024
Unilever Rossiyadagi biznesini sotishga rozi bo‘ldi

11:18 / 18.02.2017
Unilever kompaniyasi Kraft Heinz bilan birlashishdan bosh tortdi

00:01 / 18.02.2017
Kraft Heinz kompaniyasi Unilever’ga 143 mlrd dollarlik shartnoma tuzishni taklif qildi

20:53 / 12.01.2017