Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondagi urush fonida gigiyena vositalarining narxi ham qimmatlashyapti
Dove, Axe, Rexona, Domestos, Cif kabi brendlarga egalik qiluvchi Unilever kompaniyasi yaqin vaqtlarda mahsulotlari narxini oshiradi. Bunga asosiy sabab sifatida Yaqin Sharqda davom etayotgan urush sababli xomashyo, ishlab chiqarish va logistika xarajatlari qimmatlashgani keltirilyapti.
Foto: Bloomberg
Unilever kompaniyasi (Dove, Axe, Rexona, Domestos, Cif kabi brendlar egasi) yaqin vaqtlarda mahsulotlari narxini oshirishini e’lon qildi, deya xabar berdi Reuters.
Asosiy sabab — xomashyo, ishlab chiqarish va ayniqsa logistika xarajatlari qimmatlashgani. Bu AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik va mintaqadagi vaziyat bilan bog‘liq. Unilever 2026 yil uchun savdo hajmi va foyda prognozini saqlab qolgan, biroq London kompaniyasi rahbariyati mahsulot narxlarini asta-sekin 2–3 foizga ko‘tarish haqida ogohlantiryapti. Kompaniya vakillarining aytishicha, yil davomida umumiy xarajatlar inflatsiyasi 750–900 million yevroni tashkil etadi, bu dastlabki 350–500 million yevrolik prognozdan ancha yuqori.
Unilever nafaqat gigiyena vositalari, balki oziq-ovqat mahsulotlarini ham ishlab chiqaradi. Masalan, Carte D’Or, Cornetto muzqaymoqlari, Lipton choyi va Knorr mahsulotlari ham shu kompaniyaga tegishli.
Reuters Yaqin Sharqdagi urush boshlanganidan beri 200 dan ortiq kompaniya bayonotlarini tahlil qildi. Ulardan 36 tasi allaqachon mojaro sabab narxlarni oshirganini ma’lum qilgan — ular orasida Nestlé va Procter & Gamble kabi Unilever raqobatchilari ham bor.
Mavzuga oid
23:01 / 30.04.2026
Mujtaba Xominaiy: amerikaliklarning joyi Fors ko‘rfazining tubida
20:37 / 30.04.2026
Dunyodagi eng yirik aviatashuvchi kema rekord darajadagi missiyadan so‘ng uyiga qaytadi
18:11 / 30.04.2026
2025 yilda global harbiy xarajatlar rekord darajaga yetdi
15:03 / 30.04.2026