Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uber haydovchisiz taksilarini yo‘lovchilar bilan sinay boshladi
Uber kompaniyasi muqobil boshqaruv tizimiga ega taksilarini haqiqiy yo‘lovchilar bilan sinovdan o‘tkaza boshladi. Yangi xizmatning namunaviy dasturi Pensilvaniya shtati Pittsburg shahrida boshlangan.
Hozircha, ushbu xizmatda Uber kompaniyasining eng sodiq mijozlari foydalanishlari mumkin. Bunda, Ford Fusion sedani negizida barpo etilgan muqobil taksining haydovchi o‘rindig‘ida kompaniya xodimi bo‘ladi.
Amerika qonunchiligiga ko‘ra, muqobil transport vositasining rul o‘rindig‘ida har doim mutaxassis bo‘lishi shart. U, kutilmagan vaziyatlarda boshqaruvni o‘z qo‘liga olishi talab etiladi. Uber haydovchisiz taksi xizmatini Pittsburgda yarim yil avval boshlagan edi. Avtomobillar lazer skanerlari, radarlar va yuqori o‘lchamli kameralar bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026