Prezident Donald Tramp bu muşakbozlikni AQŞ tarixidagi eng kattasi deb baholamoqda. U rejalaştirilganidan ança keç sözga çiqdi va nutq vaqti bir neça marotaba özgartirildi. Tramp National Mall’dagi asosiy sahnadan amerikaliklarga tabrik yöllarkan, “Amerika buyukligi qaytdi”, deya ta’kidladi.

Mustaqillik bayrami AQŞ böylab öta issiq va noqulay ob-havoda nişonlandi. Ayniqsa, şarqiy sohil böylab havo haroratining haddan ortiq kötarilişi bayram tadbirlari bekor qilinişiga ham sabab böldi. Ammo, muşakbozlik reja qilinganidek ötdi. Kun.uz poytaxt Vaşington şahridan salyutlar otilişini kuzatdi, atrofda yiğilgan minglab amerikaliklar bayramni qiziqiş bilan tomoşa qildi.

Fikrlar bölingan mamlakat – AQŞda Trampning ozodlikning 250 yilligini öziga boğlagani jiddiy tanqid ham qilindi.
Öz çiqişida Tramp kommunizm Amerikaning duşmani ekanini bildirdi, mamlakat doim çöqqida bölişi, heç qaçon qulamasligini tiladi.

Muşakbozlik şousining ajoyib finali ulkan portlaşlar bilan ajralib turdi va uzoq kutilgan eng yuqori çöqqiga çiqdi. Salyutlar keçki soat 01:00 ga yaqin tugadi va yiğilgan olomon bayramni olqişladi.






















