Vertu o‘zining eng kuchli smartfonini namoyish qildi
Vertu kompaniyasi lyuks tasnifidagi yangi modeli - Signature Touch — Carbon Sport'ni taqdim qildi. Smartfon zamonaviy talablardan kelib chiqadigan bo‘lsak, u qadar yuqori baholanmagan, lekin kompaniya qurilmalari orasida eng kuchli smartfon, deya e'tirof etilgan.
Signature Touch Carbon Sport qurilmasining orqa qismi olovrang teridan ishlab chiqilgan. Yon tomondagi romlari titandan ishlangan. Displeyni esa 130 karatli yoqut panel himoya qiladi. Har bir qurilma qo‘lda yig‘iladi.
Yangi Vertu qurilmasi u qadar yuqori baholanmagan. Uni 2015 yilning flagmanlariga qiyoslash mumkin. Ushbu qurilma Rossiyada 968 000 rublga sotilmoqda.
Ekran: 5,2 dyuymli diagonal, o‘lchami 1920x1080
Chipset: Qualcomm Snapdragon 810, sakkiz yadro, 64 Bit;
Operativ xotira: 4 GB;
Doimiy xotira: 64 GB, besh formatdagi kartani qo‘llab-quvvatlaydi, uSD 64 GB'gacha;
Kamera: asosiy kamera - 21 Mp va old kamera - 2,1 Mp;
Akkumulyator: nominal sig‘im — 3160 mAch;
Tizim: Android 5.1 Lollipop.