Qimmatbaho telefonlar işlab çiqaruvçi Vertu kompaniyasi The Constellation (“Yulduzlar turkumi”) seriyasini sayohatçilarga möljallangan yangi model bilan töldirdi. U Vertu’ning ikkita SIM-karta işlatilişi mumkin bölgan tarixdagi birinçi qurilmasiga aylandi.
Yangi uskunada, şuningdek, iPass – dunyodagi eng yirik Wi-Fi tarmoğidan foydalaniş imkoni bor. iPass turistlarga 120 dan ortiq mamlakatda ön millionlab xot-spotlar taklif etadi. Ular aeroportlar, mehmonxonalar, temir yöl vokzallari va boşqa jamoat joylarida örnatilgan.
Har bir model anodlangan (metall sirtini elektroliz usulida oksid pardasi bilan qoplamoq) alyuminiydan yaratilgan bölib, tabiiy buzoq terisi bilan qoplangan. Uskuna yon tarafida yoqutli tugma bor. Uni bosiş orqali şaxsiy oqsoç bilan boğlaniş mumkin.
Smartfon kengligi WQHD (2560x1440 piksel) bölgan hamda kökiş yoqut oyna bilan qoplangan 5,5 dyuymli AMOLED-ekranga ega. Bundan taşqari, u Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 4 gigabayt operativ va 128 gigabayt içki xotiraga ega.
Android-uskuna Dolby Digital Plus tovuş tizimiga ham ega bölib, yuza paneli va ekran ostida stereodinamik joylaşgan. Şuningdek, qurilma 12-megapikselli kameraga ham ega. Smartfon Android 6.0.1 (Marshmallow)da işlaydi.
Yangilik fevral örtalarida sotuvga çiqariladi. Uni faqatgina butiklarda xarid qiliş mumkin. Kompaniya uskuna narxini ma'lum qilmagan, biroq u kamida beş-olti ming yevro turişi taxmin qilinmoqda.












