Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anchelotti “Bavariya” murabbiylari orasida eng yaxshi natija qayd etdi
“Bavariya” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shu yilning yozida jamoa boshqaruvini qo‘liga olgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay turib, Anchelotti jamoa tarixidan joy egalladi. Italiyalik mutaxassis qo‘l ostida jamoa tarixidagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda.
Anchelotti boshchiligida jamoa 5ta uchrashuvda, 5 bor g‘alaba qozondi. 20 bor gol kiritdi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bunday ko‘rsatkich bilan Anchelotti klubning avvalgi murabbiylari Xosep Gvardiola, Yupp Xaynkes va Ottmar Xittsfeldlarni ortda qoldira oldi.
Eslatib o‘tish kerak, jamoa Germaniya chempionatida “Verder”ni 6:0, “Shalke”ni esa 2:0 hisobida mag‘lub qildi. Kubok saralashida esa “Karl Tsess” jamoasi 5:0 hisobida taslim qilindi. Chempionlar Ligasida “Rostov” (5:0) mag‘lub qilingan bo‘lsa, Germaniya Superkubogida esa myunxenliklar “Borussiya D”ni ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.
Mavzuga oid
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
23:03 / 19.04.2026