Jahon | 20:38 / 18.09.2016
9505
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyadagi villada 4 ta bo‘laklangan jasad topildi

Ispaniya fuqarolik gvardiyasi Kastiliya-La-Mancha muxtor hamjamiyatida joylashgan villada 4 ta bo‘laklangan jasad topdi. Jasadlardan ikkisi yosh bolalarga tegishli. Bu haqda EFE axborot agentligi xabar bermoqda.    

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, uy aholisi 3,5 ming kishini tashkil qiladigan Pios munitsipalitetida joylashgan. Huquq-tartibot muassasalari xodimlari jasadlarni qo‘shnilardan biri villa atrofidan kelayotgan badbo‘y hid haqida shikoyat qilgandan keyin aniqlagan. 

Ta'kidlanishicha, uyda uni ijaraga olgan braziliyaliklar yashagan. Politsiya ushbu holat yuzasidan tergov boshlagan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid