JÇda ilk katta sensatsiya qayd etildi. Afrikaning Kabo-Verde jamoasi musobaqa favoriti Ispaniya bilan öyinda 0:0 hisobida durang öynadi. Butun öyin davomida hujum qilgan «Qizil furiya» endilikda bemalol zamonaviy futbol afsonasi deyişga arziydigan Vozinya darvozasiga yöl topa olmadi. Bu öyin posbonga şunaqa katta maşhurlik olib keldiki, uning Instagramʼdagi öquvçilari soni 56 mingdan qariyb 6 milliongaça yetdi.
Ilhom beruvçi qahramonlar
Ispaniya va Kabo-Verde öyinidan avval köpçilikni ikkita savol öylantirayotgandi: Yamal öyinga tuşarmikin? Ispaniya Germaniyadan köproq gol urarmikin? Lekin kutilmalar özini oqlamadi. De la Fuente şogirdlari total dominantlik qilib ham gol ura olmadi. Hatto Ferran Torres gol urolmadi, şundan bilib olavering öyin qanday omadsiz keçganini.
Ispanlarning Yevro finalidagi ğalaba golini urgan Mikel Oyarsabal esa dastlabki 30 daqiqada biror marta töpga tegmay, JÇlari antirekordini örnatdi. Ispaniya bu öyinda eng köp gol uriş böyiça rekord qöyişini taxmin qilişgandir, lekin bunaqa antirekordni heç kim kutmagani aniq. Qişloqdagi öyinlarda hamma bilan janjallaşadigan bolalarga heç kim töp uzatişni istamasdi, keça «Real Sosiyedat» hujumçisi şu ahvolga tuşdi.
Ispaniya butun öyin davomida 23 marta darvoza sohasiga zarba yölladi, ulardan 8 tasi aniq çiqdi. Kabo-Verde esa bittagina aniq zarba bera oldi. Töp nazorati ham Ispaniyaga xos: 62 ga 38. Ba’zi manbalar ispanlar bundan ham köproq töp nazorat qilganini körsatgan. Uzatmalar soni-yu, aniqligini taqqoslab ham bölmaydi. Lekin afrikaliklar darvozasini qöriqlagan Portugaliya ikkinçi divizion jamoasi darvozaboni Vozinya şu kuni ispanlarga qarşi Buffonga aylandi. Yamal ham, Pedri ham, Ruis ham, hatto Ferran Torres ham uning darvozasiga yöl topa olmadi.
Yana bir statistikaga e’tibor bering, Kabo-Verde öyin davomida faqat bir marta qoida buzdi. Bunaqasi 1966 yildan beri mundiallarda qayd etilmagandi. Öyinni körmaganlar afrikaliklar antifutbol evaziga natijaga erişgan deb öylaşi mumkin, lekin aslo bunday bölmadi. Ular himoyada işonçli öynaşdi, köp vaziyatlarda mudofaadan paslar bilan çiqişdi, töpni töğri kelgan tomonga tepib yuborişmadi.
Biz örganişimiz kerak
Ispaniyaga bardoş bergan Kabo-Verde köp jamoalarning öziga bölgan işonçini oşirib yubordi. Özbekiston milliy jamoasi ham bu jamoadan örganadigani köp, menimça. Murabbiylarimiz bu öyinni körib tahlil qilişlariga şubham yöq. E’tibor qilgan bölsangiz, Kabo-Verde qörqinçli Ispaniya bilan öyinda şunçaki toqat qilib, öyin tugaşini kutib çidab öynamadi. Favqulodda xotirjamlik bilan kuçli raqib hujumlarini qaytardi. Bunaqa xotirjamlik guruhdagi kuçli raqiblarimizga qarşi öyinlarda biz uçun juda kerakli omil böladi.











