Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino 10 yil ichida ilk marta ketma-ket 3 rasmiy o‘yinda mag‘lub bo‘ldi
«Manchester Yunayted» klubi APLning 5-turi doirasida «Uotford»ga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Bu klubning rasmiy o‘yinlarda qatorasiga uchinchi marta ochko ololmasligi bo‘ldi. Bundan oldingi 2 uchrashuv ham Joze Mourino shogirdlarining mag‘lubiyati bilan yakunlangandi. O‘tgan haftaning shanba kunida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat, joriy haftaning payshanba kunida esa Yevropa Ligasi guruh bosqichida «Feyyenoord»ga qarshi o‘yinda 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat qayd etilgandi.
Portugaliyalik mutaxassis esa so‘nggi 10 yil ichida birinchi marta ketma-ket uch o‘yinda mag‘lubiyatli o‘yin o‘tkazdi.
2006 yilda «Chelsi» Mourino boshqaruvida premer-liganing dastlabki ikki turida yutqazgan, keyin Angliiya Superkubogi uchun bahsni «Liverpul»ga boy bergandi (1:2).
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
23:06 / 09.12.2025
Holand dunyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatida Yamalga yetib oldi
16:41 / 04.09.2025
Yozning asosiy 10 transferi
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:12 / 27.04.2025