Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rosberg "Formula-1"ning Singapur Gran-prisini yutdi va yetakchilikni qo‘lga oldi
"Mersedes" jamoasining poygachisi, nemis Niko Rosberg "Formula-1" avtopoygasining 15-bosqichi – Singapur Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi. Bu poyga Rosberg uchun "Formula-1"dagi 200-poyga bo‘ldi.
2-o‘rinni "Red Bull" poygachisi Daniel Rikkyardo egalladi. Marraga uchinchi bo‘lib "Mersedes"ning yana bir poygachisi – britaniyalik Lyuis Xemilton yetib keldi.
Poyga yetakchisi Xemiltondan 2 ochko ortda qolayotgan Rosberg ushbu g‘alabasidan keyin umumiy hisobda 1-o‘ringa chiqib oldi. Endi uning hisobida 273 ochko, Xemiltonda esa 265 ochko bo‘ldi. 3-o‘rinni esa 179 ochko bilan Rikkyardo egallamoqda.
Poyganing keyingi bosqichi 30 senyatbrdan 2 oktabrgacha Malayziyada bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:06 / 05.10.2025
McLaren Formula-1 konstruktorlar kubogini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi
18:33 / 21.09.2025
Ferstappen F1 poygasida Ozarboyjon Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
17:07 / 25.11.2024