Jahon | 17:58 / 19.09.2016
7361
2 daqiqa o‘qiladi

AI: Yaman shifoxonasiga AQShda yasalgan bomba bilan zarba berilgan

Foto: AP

Amnesty International huquqni himoya qilish tashkilotining ma'lum qilishicha, avgust oyi o‘rtalarida Yamandagi shifoxonaga berilgan havo zarbasida AQShning o‘ta aniq bombasi qo‘llanilgan. O‘shanda, 19 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.

Avgust oyi o‘rtalarida arab koalitsiyasi kuchlari Yaman shimolidagi Xadja viloyatida 2015 yil iyul oyidan beri "Chegara bilmas shifokorlar" (MSF) xalqaro tashkiloti faoliyat yuritib kelayotgan shifoxonaga havo zarbasi bergan edi. Bombalash oqibatida 19 kishi qurbon bo‘lgandi. 

Amnesty International tashkilotining xabariga ko‘ra, havo zarbasi chog‘ida "AQShda tayyorlangan Paveway tasnifidagi o‘ta aniq bombadan foydalanilgan". Hodisa joyidan olingan va bomba stabilizatorlarining suratlarini o‘rgangan mustaqil ekspertlar shunday xulosaga kelgan. 

"Shunisi achinarliki, AQSh Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi koalitsiyani qurol-yarog‘lar bilan ta'minlashda davom etmoqda. Jumladan, fugasli va boshqariluvchi bombalar hamda havo hujumi vositalarini yetkazib bermoqda", — degan tashkilot vakili Filip Lyuter.

Mavzuga oid