Dastlabki ma’lumotlarga köra, ovozlarning deyarli barçasi sanab çiqilganidan söng de la Esprielya 49,65 foiz ovoz töplagan. Uning asosiy raqibi — hokimiyatdagi söl qanotdagi «Tarixiy pakt» koalitsiyasi vakili Ivan Sepeda esa 48,70 foiz ovoz olgan. Ikki nomzod örtasidagi farq taxminan 246 ming ovozni taşkil etmoqda.

Ğolib nomzod 7 avgust kuni rasman prezidentlik lavozimini qabul qilib oladi va mamlakatni 2022 yildan buyon boşqarib kelayotgan sölçi prezident Gustavo Petroning örnini egallaydi. Kolumbiya qonunçiligiga muvofiq, Petro ikkinçi muddatga nomzodini qöya olmagan.

Saylovoldi kampaniyasi davomida Abelardo de la Esprielya xavfsizlik va iqtisodiy islohotlarni öz dasturining asosiy yönalişlari sifatida ilgari surdi. U narkotiklar savdosi bilan şuğullanuvçi qurolli guruhlarga qarşi qat’iy kuraş olib boriş, jinoyatçilikka qarşi harbiy kuçdan faol foydalaniş hamda Salvador tajribasiga öxşaş yirik qamoqxonalar qurişni va’da qildi.

Şu bilan birga, u iqtisodiyotda davlat tartibga solişini qisqartiriş, xususiy sektor uçun qulay şaroit yaratiş va investitsiyalarni jalb qiliş tarafdori sifatida tanilgan.

Uning raqibi Ivan Sepeda esa ijtimoiy tengsizlikni kamaytiriş, davlat dasturlarini kengaytiriş va keng kölamli ijtimoiy islohotlarni amalga oşiriş ğoyalari bilan saylovda qatnaşgan.

Abelardo de la Esprielya saylov kampaniyasi davomida AQŞ prezidenti Donald Trampning oçiq qöllab-quvvatloviga ega böldi. Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida uning ğalabasini olqişlab, «U katta hisobda ğalaba qozondi», deb yozdi.

AQŞ davlat kotibi Marko Rubio ham de la Esprielyani telefon orqali tabriklab, uni «Kolumbiyaning saylangan prezidenti» deb atadi. U Vaşington yangi ma’muriyat bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuçaytiriş, noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Saylov natijalari Kolumbiya va AQŞ munosabatlarida yangi bosqiç boşlanişi mumkinligi haqidagi taxminlarni kuçaytirmoqda. Çunki amaldagi prezident Gustavo Petro bilan Donald Tramp ma’muriyati örtasida munosabatlar ança taranglaşgan edi.

Xususan, 2025 yil oktyabr oyida AQŞ Moliya vazirligi Petro, uning oila a’zolari hamda mamlakat içki işlar vaziriga qarşi sanksiyalar joriy qilgan. Vaşington ularni narkotrafikka qarşi yetarli çora körmaganlikda ayblagan edi. Bunga javoban Petro AQŞ siyosatini keskin tanqid qilib, mamlakatda ommaviy namoyişlar ötkazişga çaqirgan.