Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guardian: AQShdagi shaxsiy qurolning yarmi 3 foiz aholi qo‘lida mujassamlangan
Foto: AFP
Guardian nashri chop etgan yangi tadqiqotga ko‘ra, AQShda 3 foiz aholi shaxsiy foydalanishda bo‘lgan butun qurolning 50 foiziga egalik qiladi.
AQShning Garvard va Shimoli-sharqiy universitetlari olimlari 130 mln dona o‘qotar qurol 3 foiz amerikaliklar qo‘lida mujassamlanganini aniqladilar. Hammasi bo‘lib shaxsiy foydalanishda 265 mln dona qurol mavjud.
2015 yil natijalariga ko‘ra, mamlakatda qurol miqdori 1994 yilga nisbatan 70 mln donaga ko‘paygan, bu orada qurol egalari soni kamaygan: 1994 yilda 25 foiz amerikaliklar juda bo‘lmasa bir dona qurolga ega bo‘lishni istagan bo‘lsa, 2015 yilda bu ko‘rsatkich 22 foizni tashkil qilgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 55 mln nafar qurol egasidan ko‘pchiligi bir donadan 3 donagacha qurolga ega. Biroq olimlar 7 tadan 140 tagacha qurolga ega bo‘lgan "super qurol egalari"ni alohida ko‘rsatmoqdalar. AQShda bundaylar 7,7 mln ga yaqinni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
13:13 / 03.04.2026
Yaqin Sharqdagi urush: Erondagi eng baland ko‘prik vayron qilindi
23:32 / 02.04.2026
AQSh bosh prokurori Pem Bondi iste’foga chiqadi
21:32 / 02.04.2026
AQShda 51 yil avvalgi qotillik DNK texnologiyasi yordamida fosh etildi
21:19 / 02.04.2026