Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft kompaniyasi yangi Nokia telefonini taqdim qildi
Microsoft kompaniyasi hanuzgacha telefon ishlab chiqaruvchi bo‘limini Xitoyning FIH Mobile kompaniyasiga sotish rejalariga qaramasdan, Nokia brendi ostida mobil qurilmalar ishlab chiqarmoqda.
Kompaniya yaratgan yangi Nokia 216 telefoni Hindistonda oktabrda paydo bo‘ladi. Telefonni bor-yo‘g‘i 37 dollarga sotib olish mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda The Verge.
Arzon narxdagi telefon 2,4 dyuymli QVGA-displey, 0,3 MPli old va orqa kameralar bilan jihozlanadi. Ta'kidlanishicha, ishlab chiqaruvchilar telefonga hattoki iPhone 7’da yo‘q bo‘lgan quloqchinlar uchun standart raz'yom qo‘shishgan.
Jurnalistlarning ta'kidlashicha, Microsoft’ning oddiy telefonlarni ishlab chiqarishni davom ettirish qarori ravshandir: kompaniya shunday hamyonbon telefonlardan har oy millionlab dona sotmoqda. Ishlab chiqaruvchilar oddiy mobil telefonlar foydalanuvchilari Microsoft’da akkaunt ochib, ekotizimning bir qismiga aylanishlariga umid qilmoqdalar.
Gaplarga qaraganda, kompaniya dekabrda Lumia smartfonlarini sotishni to‘xtatadi. Bu qaror bir vaqtlar ommaviy bo‘lgan bu telefonga qiziqish susaygani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kompaniyaning apreldagi hisobotiga ko‘ra Lumia’ning jahon bo‘ylab savdosi 73 foizga, smartfonlar sotishdan olinadigan daromadi esa 46 foizga tushib ketgan.
Mavzuga oid
18:55 / 14.10.2025
Microsoft kompaniyasi Windows 10 tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi
20:59 / 26.09.2025
Microsoft Isroildagi falastinliklarni kuzatish uchun foydalanilgan xizmatlarni blokladi
07:09 / 04.08.2025
Rossiyalik hakerlar o‘zini "Kasperskiy laboratoriyasi" sifatida ko‘rsatgan
15:03 / 30.07.2025