Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ICTFORUM-2016 tadbirida sizni nimalar kutmoqda?
20-21 sentabr kunlari Xalqaro Biznes Markazida ICTFORUM-2016 bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar misolida AKTning hayotga tatbiq etishga oid mavzular va taqdimotlar, muvaffaqiyatli loyiha namunalari yoritiladi.
AKT Forumi ilk bora o‘tgan yili o‘tkazilgandi. Buyilgi tadbirda ma'ruzachilar sifatida yetakchi IT-kompaniyalar vakillari, soha ekspertlari taklif etilgan. Tadbirga 800dan ortiq kishi tashrif buyurishi kutilmoqda. 70dan ortiq ma'ruzachilar esa bir necha muhim yo‘nalishlarga bo‘lingan holda chiqishlar qilishadi. Forumning keng qamrovli dasturi katnashchilarga e-Government Uzbekistan, Raqamli iqtisodiyot, Internet-forum yo‘nalishlari, shuningdek «Axborot xavfsizligi» va «Startap anjumani» kabi seksiya majlislaridagi ma'ruzalarni tinglash imkonini beradi.
E-Government Uzbekistan bo‘limining mavzulari AKT asosida davlat organlari va keng jamoatchilik o‘rtasida barqaror muloqot o‘rnatish va uni rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategik vazifalar muhokamasiga bag‘ishlanadi. Xususan, forumning Raqamli iqtisodiyot bo‘limidan o‘rin olgan ma'ruzalar qatoridan «Olmaliq TMK AJda AKTni tatbiq etish jarayoni», «Bulut texnologiyalarning iqtisodiyotga ta'siri», «O‘zbekiston tashqi savdo-sotiq qatnashchilari uchun «yagona darcha» axborot tizimi imkoniyatlari», «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda AKTni rivojlantirish», «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK yo‘lovchilari uchun onlayn xizmatlarni tatbiq etish va rivojlantirish» kabilar o‘rin olgan.
Internet-forum qatnashchilari «Masofaviy ta'lim: bugungi holat va rivojlanish istiqbollari», «Kontent sifati – elektron OAVning faoliyati hususidagi mulohazalar», «Internet-reklama muammolari», «Elektron to‘lovlar tizimining rivojlanishi», «Xalqaro internet-tijorat» kabi mavzularga alohida to‘xtalib o‘tishadi.
22 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan Axborot xavfsizligi seksiyasida axborot tizimlari, resurslari va shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishni ta'minlash, shuningdek axborot xavfsizligi auditi, xatarlarni boshqarish, istiqbolli yechimlar va axborot xavfsizligini ta'minlash texnologiyalarigi oid mavzular ko‘rib chiqiladi. Anjuman davomida O‘zbekistonda dasturiy ta'minot (DT) sanoatini rivojlantirish, davlat sektori, biznes va ta'lim sohalarida DTdan muvaffaqiyatli foydalanish namunalari haqida so‘z yuritiladi.
Startup anjumanida yangi startaplar taqdimoti, soha ekspertlarining mahorat darslari bo‘lib o‘tadi. Ekspertlar o‘zbekistonlik mutaxassislarning Super Dispatch va Tesla eko-startaplarida o‘tagan amaliyotlari haqida so‘zlab berishadi. Tadbirda, shuningdek, O‘zbekistonda Smart Home bozorini rivojlantirishdagi hamkorlikning yangi ko‘rinishlari haqida ham fikr almashiniladi.
ICTWEEK Uzbekistan 2016 Haftaligi doirasidagi tadbirlar bilan www.ictweek.uz rasmiy sayti orqali tanishib borishingiz mumkin.
ICTWEEK Uzbekistan-2016 Haftaligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy ko‘magida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
20:12 / 05.06.2026
Mashinalar isyoni yaqinmi? - Anthropic kompaniyasi sun’iy intellekt tizimlarini sekinlashtirishga chaqirdi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
18:04 / 28.05.2026