Sport | 17:46 / 21.09.2016
4821
1 daqiqa o‘qiladi

Islandiya terma jamoasi kam pul taklif qilingani uchun FIFA 17 simulyatoridan joy olmadi

Yevropa chempionatida mashhurlikka erishgan Islandiya terma jamoasi FIFA 17 simulyatorida bo‘lmaydi. Bu haqda Islandiya futbol federatsiya rahbari Geyr Torstensson ma'lum qilgan.

«Kompaniya bizga juda kam, bor-yo‘g‘i 10 ming yevro taklif qildi. Biz javob xati yo‘llab, talablarimizni bildirdik, ammo bu besamar bo‘ldi.

Bu biznes. Ular bizni qadrlashlari kerak edi. Keyingi vaqtlarda Islandiya futboli butun dunyoning e'tiborini o‘ziga qaratgandi», – degan Torstensson.

Eslatib o‘tamiz, Islandiya terma jamoasi Yevro—2016 musobaqasida guruh bosqichida Avstriya, Vengriya va Portugaliya jamoalari bilan tengma-teng o‘ynagan, nimchorak finalda Angliyadan ustun kelib, chorak finalga qadar yetib borgandi.

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid