O‘zbekiston | 19:58 / 21.09.2016
6786
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIVda Qozog‘iston delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

2016 yilning 21 sentabr kuni O‘zbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Galimjan Koyshibayev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Muntazam ravishda o‘tkaziladigan siyosiy muloqot O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini faol rivojlanishiga imkon berishi ta'kidlandi. Shu nuqtai nazardan joriy yilning aprel va iyun oylarida Toshkent shahrida hamda sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarning yakunlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikning ayrim amaliy masalalari ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid