Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
Tashqi ishlar vazirligida VFS Global'ning mintaqaviy direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi. O‘zbekistonda konsulxona ochmagan mamlakatlarga viza rasmiylashtirish uchun Qozog‘istonga chiqib kelish zaruratini kamaytirish, buning uchun biometrik ma’lumotlarni O‘zbekistonning o‘zida topshirish, suhbatni esa onlayn o‘tkazish taklif qilindi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida VFS Global xalqaro kompaniyasining MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Sh.Mishra va O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari T.To‘ychiyev bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston hududlarida VFS Global ofislari tarmog‘ini kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan.
“Jamoaviy guruhlarning arizalari bo‘yicha kompaniya xodimlarining sayyor qabullari mexanizmini ishga tushirishga kelishib olindi. Ushbu xizmat shakli pulli asosda ko‘rsatiladi hamda chekka hududlardagi ariza beruvchilarga, Toshkent va Samarqand shaharlaridagi markazlarga tashrif buyurmasdan viza yordamini olish imkonini beradi.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun respublikada diplomatik vakolatxonalari bo‘lmagan mamlakatlarga (jumladan, Kanada, Argentina, Avstraliya va boshqalar) vizalarni rasmiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan konsulliklar mavjud bo‘lmagan sharoitda vizani rasmiylashtirish qo‘shimcha vaqt va moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston tomoni jarayonlarning bir qismini mamlakatimiz hududiga ko‘chirishga, jumladan, VFS Global'ning mahalliy ofislari orqali biometrik ma’lumotlarni topshirish va onlayn suhbat o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etdi.
Tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish va O‘zbekiston fuqarolari uchun viza xizmatlari sifatini oshirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar”, – deyiladi TIV xabarida.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026