Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Barselona" markaziy uchrashuvda "Atletiko" bilan durang o‘ynadi
Ispaniya chempionati 5-turining markaziy uchrashuvida "Barselona" Kataloniyada "Atletiko"ni qabul qildi.
Mazkur o‘yinning 41-daqiqasida Ivan Rakitich gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, - 1:0. Birinchi bo‘limda boshqa hisob o‘zgarmadi.
Ikkinchi bo‘limning 58-daqiqasida Lionel Messi jarohat oldi. Natijada, "Barselona" majburiy o‘zgarishni amalga oshirdi. 61-daqiqaga kelib, "Atletiko" futbolchisi Anxel Korrea "Barselona" darvozasini ishg‘ol qildi, - 1:1.
Qolgan vaqt davomida ikkala jamoa ham gol kiritishning uddasidan chiqa olishmadi hamda o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.
Ispaniya chempionati. 5-tur
"Barselona" (Barselona) – "Atletiko M" (Madrid) – 1:1
Gollar: Rakitich, 41 (1:0); Korrea, 61 (1:1).
Ogohlantirishlar: Suares, 84; Alba, 90 – Koke, 54; Grizmann, 67; Teyye, 82; Luis, 86.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026