Xalq banki: Harbiy xizmatchilar doimo e'tibor va rag‘batda
Yurtimizda aholi, xususan, harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, uy-joy, maishiy sharoitini yaxshilash, qisqacha aytganda, farovon hayot kechirishlarini ta'minlash yo‘lida oqilona siyosat yuritilayapti. Ana shu islohotlar samarasini esa o‘ta mas'uliyati va sharafli kasb egalarining har bir vakili qalban his etib turibdi. Buni birgina tijorat banklari tomonidan ularga bo‘lgan e'tibor, ko‘rsatilayotgan xizmatlar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki uzoq yillardan beri ana shunday xayrli ishga kamarbasta bo‘lib kelayotgani diqqatga sazovordir.
Iste'mol kreditlari — har bir oila uchun
Kundalik turmushimizda foydalaniladigan maishiy texnika vositalari, mebel jihozlari yoki avtomobilga har bir oilada ehtiyoj seziladi. Ularni sotib olish uchun esa yillar davomida mablag‘ jamg‘arish zarur, deb o‘ylaydiganlar adashadi. Chunki Xalq bankining iste'mol kreditlari ushbu orzu-niyatlar ro‘yobiga qaratilgan. Buni yaxshi anglab yetgan harbiy xizmatchilarimiz mazkur imkoniyatdan unumli foydalanmoqdalar.
Qayd etish lozimki, iste'mol kreditlarining aynan Vatanimizda ishlab chiqarilgan tovarlar xaridiga ajratilishi ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Ayni paytda Xalq banki tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga berilayotgan iste'mol kreditlari ko‘pchilikning xursandchiligiga sabab bo‘layapti. Ayniqsa, Mudofaa vazirligi xodimlari va harbiy xizmatchilarga bu kabi kreditlar hech qanday boshlang‘ich badalsiz taqdim qilishayotgani yuksak e'tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin namunasidir.
Shu kungacha yuzlab harbiy xizmatchiga Xalq bankidan ana shunday imtiyozli kreditlar berildiki, bu ularning xonadonlariga milliy mahsulotlarimiz kirib bordi va turmush darajasi yanada yaxshilandi, deganidir.
Plastik kartochkalar — qulaylik va ishonch belgisi
Harbiy muassasalarda to‘lov tizimini yanada osonlashtirish, vaqtni tejash maqsadida zamonaviy terminal hamda infokioskalar o‘rnatilib, soha xodimlari bugungi kun talablariga javob beruvchi plastik kartochkalar bilan ta'minlanayapti.
Ma'lumki, plastik kartochkalar qulayligi va ishonchliligi bois dunyo miqyosida tobora ommalashib borayotir. Xalq banki harbiy soha vakillarini shunday ilg‘or to‘lov vositalari bilan ta'minlash barobarida, hisob-kitob tizimini yanada osonlashtirish uchun joylarda zamonaviy qurilmalar ham o‘rnatayapti. Uning “Clisk”, “PayMe” tizimlariga ulangani esa mijozlarga qo‘shimcha yengillik yaratmoqda. Masalan, ushbu tizim orqali plastik kartochkadagi mablag‘ni boshqa bir plastik kartochkaga o‘tkazish, u yo‘qolib qolgan taqdirda esa, masofadan turib bloklash, savdo do‘konida to‘lovlarni mobil telefoni orqali amalga oshirish mumkin.
Harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari turmushini farovon qilish borasida amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli ishlar “Islohot — islohot uchun emas, avvalo, inson uchun”, degan ezgu g‘oyaning amaliy tasdig‘idir.
Bank axborot xizmati.
Reklama huquqi asosida.
Mavzuga oid
19:00 / 25.10.2024
“Ba’zi nogironlar to‘rt muchasi sog‘lardan yaxshi ishlashadi” – buxorolik tadbirkor
17:00 / 09.08.2024
Tanlovning hududiy bosqichlari yakunlandi
17:00 / 20.06.2024
Xalq banki tomonidan vodiyga press-tur tashkil etildi
16:54 / 29.05.2024