Xalq banki Romitan markazi şu’ba mudirining noqonuniy harakatiga çek qöyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, şu’ba mudiri özganing işonçiga kirib, unga boşqa tijorat bankida işlovçi tanişlari orqali 800 mln söm kredit olib berişni va’da qilgan. Buning evaziga 2 ming dollar talab etgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati böyiça boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda şu’ba mudiri söralgan puldan ming dollarini uçinçi şaxs orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga çek qöyilgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,192-9-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgani hamda tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.
Xalq banki matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirib, uşbu xabar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qildi.
“Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor qöşma tadbirda bankning şu’ba mudiri boşqa tijorat bankida işlovçi tanişlari orqali kredit mablaği olib beriş evaziga uçinçi şaxs orqali pora olgan vaqtida qölga olinganligi töğrisidagi ma’lumot haqiqatga töğri kelmaydi.
Xususan, ayni tadbir vaqtida u mehnat ta’tilida va Toşkent şahrida bölgan”, deyiladi bank munosabatida.
Bank rasmiy xulosalar e’lon qilinguniga qadar tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni söragan. Holat böyiça qöşimça ma’lumot taqdim qilinişi bildirilgan.









