Jahon | 15:40 / 22.09.2016
6233
2 daqiqa o‘qiladi

Kongodagi namoyishlar vaqtida 100ga yaqin kishi o‘ldirilgan

Kongo demokratik respublikasida mamlakat prezidenti Jozef Kabila tuzumiga qarshi o‘tkazilgan namoyishlar vaqtida o‘ldirilgan namoyishchilar soni 100 nafarga yaqinni tashkil qilgan. Bu ma'lumot muxolifat vakillari tomonidan bildirilgan.

Dastlabki xabarlarda qurbonlar soni 50 nafarligi aytilgandi.

Namoyishlar mamlakat poytaxti Kinshasa shahrida 3 kun mobaynida o‘tkazilgan. Shuningdek, boshqa shaharlaga tarqalgan. Jumladan, respublikaning sharqidagi Goma shahriga namoyishlar to‘lqini poytaxtagidan 3 kun o‘tib yetib borgan. Bu shahardagi to‘qnashuvlar vaqtida 17 kishi halok bo‘lgan.

Muxolifatchilar Kabilaning hukumatni har qanday yo‘l bilan o‘zida saqlab qolish niyatida ekani, navbatdagi prezidentlik saylovlarini bekor qilganidan norozi bo‘lishgan. Uning joriy prezidentlik muddati 2016 yil oxirida tugashi kerak edi.

Kongo IIV to‘qnashuvlar tufayli 3 politsiyachi halok bo‘lganini ma'lum qilgan. Hukumat muxolifatchilarni qon to‘kilishida aybdor hisoblamoqda.

Mamlakat Ichki ishlar vaziri Evariste Boshab muxolifat faollarni isyonda ayblagan.

Fransiya va AQSh tomoni Kongo demokratik respublikasi hukumatini zudlik bilan saylov kunini belgilashga chaqirgan.

Kabila respublika rahbarligiga 2011 yili otasi Loranning o‘limidan keyin kelgandi.

Mavzuga oid