Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serb Respublikasi Bosniya va Gertsegovina tarkibidan chiqish bilan tahdid qildi
Bosniya va Gertsegovina tarkibiga kiruvchi Serb Respublikasiga nisbatan mamlakat hukumatining istalgan kuchishlatar operatsiyasi respublikaning o‘z mustaqilligini e'lon qilish bilan yakunlanadi. Bu haqda Serb Respublikasi prezidenti Milorad Dodik Sputnik nashriga bergan intervyusida aytdi.
"Bunday turdagi istalgan istak bizni buni qilishga majbur qiladi. Biz himoyalanamiz. Men hozir bu haqda nazariy jihatdan aytmoqdaman, biroq bunga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Bizda o‘zimizni himoya qilish uchun barcha narsa mavjud", deb aytdi Dodik.
Serb Respublikasi Yugoslaviyaning parchalanishiga olib kelgan fuqarolik urushida ishtirok etgan. Serb Respublikasi 1995 yilgacha o‘z mustaqilligini e'lon qilgan va tan olinmagan bo‘lib kelgan. O‘shanda NATO va BMT bosimi ostida Deyton kelishuvi tuzilgan va unga ko‘ra federatsiya va konfederatsiya alomatlariga ega bo‘lgan Serb Respublikasi va Bosniya va Gertsegovina federatsiyasidan iborat umumiy Bosniya va Gertsegovina davlati tashkil etilgan. Serb Respublikasi parlamenti 2008 yil 22 fevralda qabul qilgan rezolyutsiyada agar BMT va Yevropa Ittifoqining ko‘pchilik davlatlari Kosovo mustaqilligini tan olsa, bosniyalik serblar mamlakat tarkibidan chiqishi mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
12:16 / 09.02.2026
Serb Respublikasida saylov: separatist Karan g‘alaba qozondi
10:46 / 24.11.2025
Serb Respublikasida saylovlar: separatistlar nomzodi g‘alaba qozondi
20:00 / 13.11.2025
Bosniya urushida sayyohlar uchun «odamlar ovi» ishi. Italiya prokuraturasi tekshiruv o‘tkazmoqda
08:26 / 01.08.2023