Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Barselona" mehmonda "Sporting"ni tor-mor etdi
"Barselona" Ispaniya primerasining 6-turida Xixonning "Sporting" klubini mehmonda tor-mor etdi. Xixondagi "El-Molinon" stadionida o‘tgan uchrashuv 0:5 hisobi bilan yakunlandi.
"Barsa" tarkibida Neymar dubl rasmiylashtirdi, Luis Suares, Rafinya va Arda Turon bittadan gol urishdi. "Sporting" ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatga uchradi.
"Barsa" 13 ochko to‘plab, peshqadam "Real"ga yetib oldi, biroq madridliklarda bitta o‘yin zaxirada bor. "Sporting" esa 7 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Ispaniya Primerasi. 6-tur
Sporting Xixon – Barselona – 0:5
Gollar: Suares, 29 (0:1); Rafinya, 32 (0:2); Neymar, 81 (0:3); Turan, 85 (0:4); Neymar, 88 (0:5).
Chetlatish: Lora, 74 (Sporting)
Avvalroq o‘tgan "Eybar"-"Real Sosedad" 2:0 hisobi bilan yakunlandi.
Eybar – Real Sosedad – 2:0
Gollar: Ilyaramendi, 57 (1:0, avtogol); Bebe, 66 (2:0).
Chetlatish: Elustondo, 24 (Real Sosedad).
Shuningdek, ayni vaqtda "Atletik" – "Sevilya" uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Undan so‘ng Toshkent vaqti bilan soat 23.45da "Las-Palmas" Madridning "Real" klubini qabul qiladi.
Mavzuga oid
14:07 / 19.01.2026
«Barsa»da mag‘lubiyat, van Persining o‘g‘lidan shedevr gollar
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
12:00 / 08.01.2026
«Siti»da g‘alabasiz seriya, «Barsa» javobsiz 5 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
12:27 / 22.12.2025