Lufthansa aviakompaniyasi Brussels Airlines’ni sotib olmoqchi
Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi yaqin orada Belgiyaning Brussels Airlines aviakompaniyasini sotib olmoqchi. Bu haqda 24 sentabrda RTBF telekanali ma'lum qildi.
Lufthansa rahbariyati 2016 yil 22 martidagi teraktlar tufayli to‘xtatib qo‘yilgan, bir necha yil davom etgan muzokaralarni tezlashtirishga qaror qilgan. Belgiya kompaniyasi Bryusseldagi "Zaventem" aeroportida portlashlardan yuzaga kelgan jiddiy shikastlanishlar bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga o‘z e'tiborini qaratish uchun muzokaralarda tanaffus so‘ragan.
Lufthansa’ga 2009 yildan beri Brussels Airlines’ning 45 foizi tegishli. Germaniya aviakompaniyasi qolgan 55 foizni ham sotib olmoqchi. Tomonlar shartnomasida ko‘zda tutilgandek, bitim 2017 yil iyunigacha amalga oshishi kerak.
Belgiya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Brussels Airlines nemis aviakompaniyasidan olgan va hali qaytarilmagan kreditlar hisobga olinsa, gap 2,6 mln yevrolik bitim haqida ketishi mumkin. RTBF’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, xarid qiymati agar Brussels Airlines’ning o‘tgan yildagi daromadi hisobga olinsa, 140 mln yevroni tashkil qilishi mumkin.
Mavzuga oid
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
08:40 / 16.10.2024
Lufthansa AQShda yahudiylar diskriminatsiyasi uchun jarimaga tortildi
11:10 / 14.10.2024
Lufthansa rahbari: GFRga parvozlar soni qisqarishda davom etadi
01:19 / 07.09.2024