Erondagi uruş tufayli Lufthansa konserniga kiruvçi aviakompaniyalar xavfsizlik va operatsiyaviy sabablar bois 24 oktyabrga qadar Abu-Dabi, Amman, Bayrut, Dammam, Ar-Riyod, Erbil, Masqat va Tehron aeroportlariga parvozlarni amalga oşirmaydi. Bu haqda 23 mart, duşanba kuni Germaniya aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Uşbu çeklovlar Lufthansa, Austrian Airlines, Swiss, Brussels Airlines, ITA Airways, Edelweiss va Lufthansa Cargo reyslariga taalluqli böladi.
Mazkur taşuvçilarning Dubay va Tel-Aviv aeroportlariga parvozlari esa 31 maygaça töxtatilişi kerak.
Lufthansa Cargo’ning Tel-Avivga yuk reyslari, şuningdek, Eurowings’ning Isroildagi uşbu şaharga, Bayrut va Erbilga yölovçi reyslari 30 aprelga qadar amalga oşirilmaydi.
Air France aviakompaniyasi ham Dubay va Ar-Riyodga, şuningdek, uşbu şaharlardan amalga oşiriladigan reyslarni 31 martgaça töxtatiş muddatini uzaytirdi. Şuningdek, Tel-Aviv va Bayrutga hamda u yerdan amalga oşiriladigan reyslar 4 aprelgaça bekor qilindi.
“Manzillardagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyat va qator havo hududlarining yopilişi munosabati bilan kompaniya öz reyslarini töxtatib turiş muddatini uzaytirişga majbur”, — deya ma’lum qildi aviataşuvçi.
Isroil va AQŞning Eronga qarşi uruşi nafaqat Yaqin Şarqda, balki uning taşqarisida ham aviaqatnovlarga keng kölamli salbiy ta’sir körsatdi. 28 fevral kuni operatsiya boşlanganidan söng nafaqat Isroil va Eron, balki Iroq, Iordaniya, Bahrayn, Kuvayt, Qatar va Birlaşgan Arab Amirliklari ham öz havo hududini töliq yoki qisman yopdi.
Dubay, Abu-Dabi va Dohadagi asosiy aeroportlar ham faoliyatini töxtatdi.
AQŞ va Isroil 28 fevraldan buyon Eronga havo zarbalari berib kelmoqda. Bu hujumlar oqibatida Eron oliy rahbari Ali Xominaiy hamda bir qator yuqori lavozimli amaldorlar va kuç tuzilmalari vakillari halok bölgan.
Eron esa javob tariqasida Fors körfazi mintaqasidagi qöşni davlatlarga raketa va dronlar yordamida hujum qilmoqda. Islom Respublikasi bayonotlariga köra, bu hujumlardan közlangan maqsad mintaqadagi AQŞ harbiy bazalaridir.
Eron zarbalari oqibatida Fors körfazidagi bir qator mamlakatlarda neft saqlaş omborlari va neft taşuvçi tankerlar ham şikastlangan. Bundan taşqari, uruş boşlanganidan buyon Eron hujumlaridan Ozarboyjon va Yevropa Ittifoqiga vaqtinça raislik qilayotgan Kipr ham jabr körgan.

















