Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sabina Sharipova Tashkent Open xalqaro turnirining bosh sovrini uchun kurashadigan bo‘ldi
Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Tashkent Open xalqaro turnirining saralash bosqichida ishtirok etgan o‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova asosiy tur bahslariga yo‘l oldi.
Sabina asosiy tur yo‘llanmasi uchun bo‘lgan bahsda ukrainalik Angelina Kalinina bilan raqobatlashdi. O‘yin 1 soatu 11 daqiqa davom etdi.
Qizg‘in kechgan uchrashuvda o‘zbekistonlik tennischi 6:3. 6:2 hisobida ustun kelib, asosiy turga qo‘shildi. Uning keyingi raqibi shveysariyalik tennischi Shtefani Fogele bo‘ladi.
Barcha o‘yinlar natijasi:
• Xiroko Kuvata (Yaponiya) — Katarjina Piter (Polsha) — 6/2 7/6(0);
• Sabina Sharipova (O‘zbekiston) — Angelina Kalinina (Ukraina) — 6/3 6/2;
• Tereza Martintsova (Chexiya) — Sofiya Shapatova (Gruziya) — 6/4 7/5;
• Ipek Soylu (Turkiya) — Ankita Raina (Hindiston) — 1/6 6/1 6/2.
Mavzuga oid
22:31 / 21.05.2017
Boku-2017. Turnir yakuni arafasida yana ikki medal qo‘lga kiritildi
15:50 / 15.05.2017
Boku-2017. Tennischi qizlar finalda yutqazib, kumush bilan kifoyalanishdi
20:20 / 31.10.2016
Sabina Sharipova Xitoydagi xalqaro turnirda kumush medalni qo‘lga kiritdi
10:38 / 28.09.2016