Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashkent Open: ikkinchi davrada ishtirok etuvchi tennsichilar nomi ma'lum bo‘ldi
Toshkent shahrida o‘tayotgan Tashkent Open musobaqsining to‘rtinchi kunida ikkinchi davra yakkalik bahslarida ishtirok etuvchi tennischilar nomi ma'lum qilindi. Juftlik bahslarida birinchi davrada o‘tkazilmagan bitta uchrashuv qoldi.
Gruziyalik Sofiya Shapatova birinchi davra bahslarida Tashkent Open musobaqasining uchinchi raketkasi hisoblanmish turkiyalik sportchi Chagla Byuyukakxay bilan kortga chiqdi. Qiziqarli kechgan bahsda u keyingi bosqichga yo‘l oldi — 6/1 6/4.
Yana bir tennischi, Britaniya vakili Naomi Broudi shveysariyalik tennischi Amra Sadikovichga munosib qarshilik ko‘rsatdi — 6/4, 7/5.
Yaponiyalik Risa Odzaki va bolgariyalik Elista Kostovoy o‘rtasidagi bahsda 2:1 — 3/6 6/4 6/1 natijasi bilan yaponiyalik sportchi g‘alaba qozondi.
Boshqa natijalar:
Francheska Skyavone (Italiya) vs. Sorana Kyrstya (Ruminiya) — 7/5 6/2;
Katerina Kozlova (Ukraina) vs. Donna Vekich (Xorvatiya) — 6/1 7/6(3);
Lesya Tsurenko (Ukraina) vs. Yevgeniya Rodina (Rossiya) — 6/0 6/2;
Kirsten Flipkens (Belgiya) vs. Ana Bogdan (Ruminiya) — 7/6(7) 6/3;
Patricha Mariya Tig (Ruminiya) vs. Vitaliya Dyachenko (Rossiya) — 4/6 6/4 6/3;
Ipek Soylu (Turkiya) vs. Silviya Soler-Espinosa (Ispaniya) — 6/0 6/2;
Irina Xromacheva (Rossiya) vs. Tereza Martintsova (Chexiya) — 4/6 6/3 6/3;
Kristina Pliskova (Chexiya) vs. Sara Sorribes Tormo (Ispaniya) — 6/3 3/6 6/4.
Juftlik bahslari natijasi:
Polina Merenkova (O‘zbekiston) / Dayana Yastremska (Ukraina) vs. Nao Xibino (Yaponiya) / Pratana Tombare (Hindiston) — 4/6 6/3 10/8;
Nikol Melichar (AQSh) / Varatchaya Vongtinchay (Tailand) vs. Lenka Kuntsikova (Chexiya) / Karolina Stushla (Chexiya) 6/4 6/2
Demi Shuurs (Gollandiya) / Renata Vorachova (Chexiya) vs. Aleksandra Pavlova (Rossiya) / Yevgeniya Rodina (Rossiya) - 3/2.
28 sentabr kuni juftlik bahslarida yana bir bellashuv o‘tkaziladi. Unda o‘zbekiston vakillari Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmuradovalar kortga chiqishadi.
Mavzuga oid
08:45 / 08.06.2026
Rolan Garros–2026: Zverev tarixiy g‘alabaga erishdi
07:35 / 23.03.2026
Xitoyda robot tennis o‘ynashni o‘rgandi: u 96 foiz aniqlik bilan zarbalarni qaytarmoqda
01:22 / 19.01.2026
Vinus Uilyams Australian Open rekordini o‘rnatdi
11:48 / 15.12.2025