Jahon | 22:12 / 27.09.2016
5712
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada dunyodagi ilk xususiy kosmodrom qurilishi yakunlandi

Yangi Zelandiyaning Kristchyorch shahri yaqinidagi Katoret burnida RocketLab firmasi tomonidan xususiy kosmodrom qurilishi ishlari yakunlandi. Bu dunyodagi eng birinchi xususiy kosmodromga aylandi.

Qurilish ishlari 2015 yilning dekabrida boshlangandi. RocketLab dushanba kuni qurilish ishlari yakunlangani haqida e'lon qilgan. Kompaniya bu majmuadan o‘zining "Elektron" raketalarini uchirishni mo‘ljallamoqda. Bu raketalar kosmosga kichik sun'iy yo‘ldoshlar hamda boshqa hajmi katta bo‘lmagan yuklar olib chiqadi. "Elektron" raketasining ilk sinov uchishi shu yilning oxirigacha amalga oshirilishi mo‘ljallangan.

RocketLab oyiga 4-5ta raketa uchirishni rejalashtirmoqda, bir raketa uchirish narxi 5 million dollar bo‘ladi. Narxning pastligi bu tez-tez qilib turilishi, kosmodromning muvaffaqiyatli joylashuvi, raketa qurishning yangi texnologiyasi hamda raketa qurilishi va infratuzilmaning bir joydaligi bilan bog‘liq hisoblanadi.

Space.com portali xabariga ko‘ra, Texas shtatida ham Blue Origin kompaniyasining xususiy kosmodromi mavjud, ammo bu majmuadan faqat suborbital uchishlarda foydalaniladi. Shuningdek, Texasda SpaceX kompaniyasi xususiy kosmodrom qurish ishlarini olib bormoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid