Texnologiya | 22:05 / 27.09.2016
4155
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya sudi Facebook'ga WhatsApp foydalanuvchilarining ma'lumotlarini yig‘ishni taqiqladi

Facebook ijtimoiy tarmog‘iga WhatsApp messenjerining Germaniyadagi foydalanuvchilariga tegishli ma'lumotlarni yig‘ishni to‘xtatish majburiyati qo‘yildi. Bu haqida Deutche Welle xabar berdi. 

"WhatsApp foydalanuvchilari akkauntlarini Facebook'ga bog‘lash yoki bog‘lamaslikni o‘zlari hal qilishlari kerak bo‘ladi. Facebook ham buning uchun o‘z navbatida ulardan ruxsat so‘rashi kerak. Biroq bunday bo‘lmadi", - deya xabar berdi Hamburgdagi shaxsiy ma'lumotlar va axborot erkinligi himoyachisi Yoxannes Kaspar.

Facebook'ning harakatlari "shaxsiy ma'lumotlar muhofazasi haqidagi milliy qonunning buzilishi" sifatida baholanishi ta'kidlangan. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid