Naşr ma’lumotiga köra, Berlin Yevropa mudofaa salohiyatidagi böşliqlarni qisqartiriş hamda AQŞ prezidenti Donald Trampning qit’a xavfsizligini ta’minlaşga bölgan qiziqişini saqlab qolişni közlamoqda.

Manbalarning ta’kidlaşiça, Germaniya NATOning kelasi hafta Anqarada bölib ötadigan sammitiga qadar AQŞ bilan qöşma işlab çiqariş böyiça kelişuvga erişişni istamoqda.

Financial Times suhbatlaşgan manbalardan biriga köra, Germaniya va AQŞ sanoat vakillari iştirokida qöşma işlab çiqariş konsepsiyalari muhokama qilinmoqda. Boşqa manbaning aytişiça, muzokaralar ikki mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaşga xizmat qiladigan deyarli barça yönalişlarni qamrab olgan.

Xususan, Germaniya hududida uzoq masofaga uçuvçi Tomahawk qanotli raketalari hamda Patriot zenit-raketa majmualari uçun möljallangan eng sönggi PAC-3 raketalarini birgalikda işlab çiqariş masalasi körib çiqilmoqda.

Naşrning yana bir suhbatdoşi AQŞ ma’muriyati hamda Amerika mudofaa sanoati vakillari uşbu takliflarga kutilganidan köra ijobiy munosabat bildirganini qayd etgan.

Şu bilan birga, Germaniya kansleri Fridrix Mers va mamlakat mudofaa vaziri Boris Pistorius AQŞ bilan mudofaa sohasida muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi. Biroq ular muhokamalar mazmuni yuzasidan qöşimça ma’lumot bermadi.

Boris Pistoriusning aytişiça, Germaniya AQŞ mudofaa sanoati bilan yaqin hamkorlikni davom ettiriş niyatida. U mamlakat yaqin beş-ön yil içida juda zarur böladigan ayrim zamonaviy mudofaa tizimlariga hali ega emasligini tan oldi.

Uning ta’kidlaşiça, Germaniya ayrim qurol tizimlari yoki ularning tarkibiy qismlarini mamlakatning özida işlab çiqarişdan manfaatdor. Bu orqali Berlin Amerika bilan strategik hamkorlikni saqlagan holda, özining mudofaa mustaqilligini kuçaytirişni maqsad qilgan.

Kansler Fridrix Mers ham Berlindagi matbuot anjumanida AQŞ bilan mudofaa texnologiyalari sohasidagi hamkorlik jadal sur’atlarda davom etayotganini bildirdi. Uning sözlariga köra, bunday hamkorlik har ikki davlat manfaatlariga javob beradi.

Avvalroq bir qator ommaviy axborot vositalari Germaniyaning Tomahawk raketalarini xarid qilişga urinayotgani va Vaşingtonda bu masala yuzasidan muayyan xavotirlar mavjudligi haqida xabar bergan edi.