O‘zbekiston | 10:57 / 28.09.2016
18424
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishidan olingan 2ta poyezd o‘rniga 1ta tezyurar poyezd qo‘yildi

«O‘ztemiryo‘lovchi» «Toshkent — Qarshi — Toshkent» yo‘nalishida qatnagan № 8/7 raqamli «Nasaf» tezyurar poyezdi hamda № 760/759 raqamli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezd 20,21,22,27,28,29 sentabr, 4,5,6,17,18,19,20,24,25,26,27,31 oktabr hamda 1,2,3 noyabr kunlarida reyslardan olingani haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘rsatilgan sanalarda «Toshkent — Qarshi» yo‘nalishi bo‘yicha 2/1 sonli tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Bu poyezd soat 6:55da Toshkentdan yo‘lga chiqib, soat 11:18da Qarshiga yetib boradi. So‘ng, soat 16:48da Qarshidan yo‘lga chiqib, soat 21:16da Toshkentga yetib keladi.

Eslatib o‘tamiz, 5 sentabrdan boshlab «Afrosiyob» poyezdi Qarshigacha qatnay boshlagandi.

Mavzuga oid