09:53 / 29.09.2016
11660

29 sentabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

28 sentabr tuni va 29 sentabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Gruziyalik siyosatchilar Rossiya sababli jonli efirda urishib ketishdi

Gruziyada "Iberiya" telekanali jonli efirida mamlakat parlamentiga deputatlikka ikki nomzod urishib ketdi.

>>> Batafsil.

Olimlar: Qishloq xo‘jalik o‘simliklari iqlimdagi o‘zgarishlar natijasida butunlay yo‘qolishi mumkin

Don mahsulotlari iqlimning shiddat bilan o‘zgarishiga chidamsiz bo‘lib chiqdi, shu bois ular kelajakda Yer yuzidan yo‘qolishi mumkin.

>>> Batafsil.

Xitoy kompaniyasi 1360 ot kuchiga ega giperkar dizaynini namoyish qildi

Xitoyning NextEV kompaniyasi "bir megavattli" (1360 ot kuchi) dvigatelga ega gibrid giperkarining birinchi dizayn-sketchini chop etdi.

>>> Batafsil.

Internetda yangi Land Rover Discovery’ning ilk suratlari paydo bo‘ldi

Internetda keyingi avloddagi Land Rover Discovery yo‘ltanlamasining birinchi rasmiy fotosuratlari chop etildi.

>>> Batafsil.

Nissan navbatda turish qulay bo‘lishi uchun avtopilotli kursi namoyish qildi

Nissan kompaniyasi navbatda turish qulay bo‘lishi uchun avtonom kursi namoyish qildi.

>>> Batafsil.

AQSh Senati Obamaning 11/9 voqealari sabab Saudiyaga qarshi da'vo qo‘zg‘ashga imkon beruvchi qonun loyihasiga vetocini yengib chiqdi

AQSh Senati Obamaning 11 sentabr voqealari sabab Saudiya Arabistoniga qarshi da'vo qo‘zg‘ashga imkon beruvchi qonun loyihasiga qo‘ygan vetocini bartaraf etdi.

>>> Batafsil.

80 foizdan ko‘proq rossiyaliklar Putinning ishidan mamnun ekanliklari ma'lum bo‘ldi

"Levada-sentr" o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bu lavozimdagi faoliyatini 80 dan ko‘proq rossiyaliklar ma'qullamoqda.

>>> Batafsil.

Futzal bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi finalchisi ma'lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasi futzal (mini-futbol) bo‘yicha jahon chempionatining yarim finalida Portugaliya terma jamoasini 5:2 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

>>> Batafsil.

YeChL. "Atletiko" va "Barselona" nemis jamoalarini mag‘lub etdi, "Manchester Siti" durang qayd etdi va boshqa natijalar

Bugun Yevropa Chempionlar ligasining 2-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Ularda "Atletiko Madrid" o‘z maydonida o‘z uyida "Bavariya" ustidan g‘olibbikka erishgan bo‘lsa, "Barselona" safarda "Borussiya M"ni mag‘lub etdi.

>>> Batafsil.

Angliya terma jamoasiga Venger bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

>>> Batafsil.

Top