Jahon | 22:06 / 28.09.2016
9739
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Senati Obamaning 11/9 voqealari sabab Saudiyaga qarshi da'vo qo‘zg‘ashga imkon beruvchi qonun loyihasiga vetocini yengib chiqdi

AQSh Senati Obamaning 11 sentabr voqealari sabab Saudiya Arabistoniga qarshi da'vo qo‘zg‘ashga imkon beruvchi qonun loyihasiga qo‘ygan vetocini bartaraf etdi.

Associated Press nashri xabariga ko‘ra, 97 nafar senator prezidentning vetosi qaytarilishi uchun ovoz bergan, bir kishi bunga qarshi chiqqan. 

O‘tgan haftada AQSh prezidenti Barak Obama 11 sentabr teraktlari qurbonlari oilalariga Saudiya Arabistoniga qarshi da'vo qo‘zg‘ashga imkon beruvchi qonun loyihasiga taqiq qo‘yish niyatida ekani ma'lum bo‘lgandi.

Gap xalqaro terrorchi tashkilotlar tomonidan AQShda amalga oshirilgan hujumlar oqibatida halok bo‘lganlar oilalariga mazkur terrorchi tashkilotlarni AQSh hududida qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarga qarshi da'vo qo‘zg‘ashga imkon beruvchi qonun haqida edi.

AQSh prezidenti ma'muriyati mazkur qonun loyihasiga qarshi ekanligini boshqa davlatlar uni amerikalik diplomatlar, harbiylar yoki kompaniyalarni mahkamaga tortish uchun foydalanishi mumkinligi bilan izohlagandi.

Oq uydagilar bu qonun AQShning milliy manfaatlariga ziyon keltirishi mumkinligini, mamlakatning yaqin hamkorlari bilan munosabatlari qiyinlashishiga olib kelishidan xavotir bildirishgan.

Mavzuga oid