Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda o‘smir yigit otasini otib tashladi va bir necha kishiga jarohat yetkazdi
AQShning Janubiy Karolina shtatida 14 yashar o‘smir maktabdan uyga qaytgach, otasini otib tashladi. Bundan tashqari, u o‘yin maydonchasida 2 nafar bola va o‘qituvchini yaraladi. U ayni vaqtda hibsga olingan. Bu haqda Reuters xabar qilgan.
Voqea Taunvill aholi yashash punktida yuz bergan. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, ismi e'lon qilinmayotgan jinoyatchi o‘z otasi, 47 yashar Jyeffri DeVitta Osbornni otib tashlagan. Shundan so‘ng u pikapga o‘tirgan, uch kilometrcha yurgan va maktab o‘yin maydonchasini o‘rab turgan to‘siqqa borib urilgan.
Shundan so‘ng, o‘smir atrofga o‘t ocha boshlagan. Ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi Jyeymi Brok uni qo‘lga olgan. Ta'lim muassasasidagi bolalar xavfsiz yerga ko‘chirilgan.
Oradan 7 daqiqa o‘tib, voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelishgan va o‘smirni hibsga olishgan. Yigit bino ichiga kirmagan.
Hozircha otishma kelib chiqishi omillari aniq emas. O‘t ochuvchi ham, jabrlanuvchi ham oq tanlilar. Shunisi ma'lumki, o‘smir uy sharoitida ta'lim olgan.
Yaralanganlardan olti yashar Jyeykob Holl oyog‘idan o‘q yegan va uning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Yana bir bolakay va ayol o‘qituvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.