Ma’lum qilinişiça, özgartişlar I, F va J toifali vizalarni qamrab oladi. AQŞ ma’muriyatiga köra, yangi tartib mamlakat xavfsizligini ta’minlaş hamda mazkur viza egalarining AQŞda bölib turiş davomida öz maqomiga rioya etişini samarali nazorat qilişga qaratilgan.
Avval amalda bölgan qoidalarga muvofiq, uşbu toifadagi viza egalari AQŞga keliş maqsadi saqlanib turgan davr mobaynida mamlakat hududida bölişi mumkin edi. Masalan, xorijiy jurnalist ommaviy axborot vositasida faoliyatini davom ettirayotgan yoki talaba Amerika oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan bölsa, uning mamlakatda bölişiga ruxsat etilardi. Köpçilik hollarda mazkur vizalar uçun aniq amal qiliş muddati belgilanmagan edi.
Yangi tartibga köra, xorijiy jurnalistlar AQŞga işlaş maqsadida eng köpi bilan 240 kun muddatga kirişi mumkin böladi. Zarur hollarda uşbu muddatni uzaytiriş imkoniyati saqlab qolinadi.
Şu bilan birga, Xitoy fuqarolari uçun mazkur muddatni 90 kun bilan çeklaş taklif etilmoqda.
Xorijiy talabalar hamda almaşinuv dasturlari iştirokçilari esa AQŞda öqiş yoki dastur davomiyligi doirasida, biroq tört yildan oşmagan muddat davomida bölişi mumkin.
AQŞ ma’muriyati uşbu özgarişlar mamlakatga kiriş va vaqtinçalik bölib turiş tartibi ustidan nazoratni kuçaytirişga xizmat qilişini ta’kidlamoqda.











