Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga rossiyalik tadbirkorlar delegatsiyasi tashrif buyuradi
25-28 oktabr kunlari Toshkentda "Rossiya va O‘zbekiston – strategik hamkorlar" forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Janubi-Ural savdo-sanoat palatasi.
Forum doirasida O‘zbekiston va Rossiya vakillari amaliy uchrashuvlar va muloqotlar o‘tkazishadi. Shuningdek, "Rossiya-O‘zbekiston hamkorligining dolzarb masalalari" mavzusida davra suhbati o‘tkazish rejalashtirilgan.
Rossiya delegatsiyasi O‘zbekiston bozori holati, mamlakatda birgalikda biznes yuritish shartlari, soliq solish va bojxona rasmiylashtiruvi haqida batafsil ma'lumot oladi.
Rossiya delegatsiyasi, shuningdek, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjada ishtirok etadi. Bu tadbirda rossiyalik tadbirkorlar O‘zbekiston kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishlari, buyurtmalarni joylashtirishlari, sanoat kooperatsiyasi variantlarini ko‘rib chiqishlari, investitsion hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlashtirib olishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026