Jamiyat | 17:44 / 30.09.2016
17458
2 daqiqa o‘qiladi

Bankka naqd pul topshirmagan tadbirkor qonun oldida javob berdi

Buxoro tumani Qo‘shrabot qishlog‘ida yashovchi Ilyos Jo‘rayev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) halol, mard, uddaburon tadbirkor sifatida tanilgan edi. Ammo u nafsining qutqusiga uchdi, noqonuniy xatti-harakatlarga qo‘l urdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

2013 yil 5 aprelda Buxoro tuman tadbirkorlik sub'yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasida tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Jo‘rabek Jo‘rayevni ro‘yxatdan o‘tkazib qo‘ygan I.Jo‘rayev amalda faoliyatni o‘zi yurita boshladi. O‘sha paytdan 2014 yilning sentabr oyiga qadar 4 milliard 147 million 141 ming so‘mlik yog‘och mahsulotlarini sotishdan tushgan naqd pul belgilangan tartibda bankka topshirilmasdan, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari buzildi.

Bundan tashqari, u Ro‘zimurod Botirov nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'yektini ochib, ro‘yxatdan o‘tkazadi-yu, faoliyatini o‘zi yuritadi. 2015 yilning iyun oyidan 2015 yilning oktabrigacha 766 million 74 ming so‘m miqdoridagi naqd pullar bankka topshirilmaydi. Yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan Ilyos Jo‘rayev 2015 yilning iyun oyidan 2016 yilning fevral oyiga qadar 2 milliard 134 million 675 ming so‘mlik yog‘och mahsulotlarini sotib, pulni bankka topshirmaydi.

Ammo uning bu xatti-harakatlari jazosiz qolmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid