Özbekistonda 100 ming sömlik banknotdan eng köp foydalanilmoqda, deb ma’lumot (.pdf) berdi Markaziy bank.

2026 yil 1 aprel holatiga köra, muomaladagi naqd pullar 66 trln sömga yetdi. Bu miqdor bir yil avvalgidan 14 trln sömga köpayib, qariyb 27 foizga ortgan.

Yanvar-mart oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 330 trln söm böldi. Bu körsatkiç 2025 yil mos davriga nisbatan 25 foizga ösgan.

Banklarga naqd pul tuşumlari ötgan yilga nisbatan 34 trln sömga (26 foiz) ösgan. Xususan, bank xizmatlaridan naqd pul tuşumlari 18 trln sömga, savdodan 5 trln sömga, pulli xizmatlardan 5 trln sömga köpaygan. Uç oy davomida aholi bank kartalaridagi 71 trln söm mablağlarni naqdlaştirilgan.

Markaziy bank I çorakda muomalaga çiqarilgan naqd pullar hajmi 2,6 trln sömga kamayganini qayd etgan. Natijada naqd valutaning umumiy pul massasidagi uluşi 16,9 foizni taşkil qilgan. Bu ötgan yil mos davriga nisbatan 1,7 foiz bandga past.

I çorakda muomaladan naqd pullar qaytişi natijasida jami banknotlar soni 262 mln donaga kamayib, 2 mln 184 ming dona qolgan.

Muomaladagi eng köp banknot 100 ming sömlik bölib, umumiy naqd pullarning 36,2 foizini taşkil etadi. Keyingi örinni 30,6 foizlik uluş bilan 200 ming sömlik egallagan.

Öz navbatida 50 ming sömliklar jami naqd pullarning 18,3 foiziga, 20 ming sömliklar 6,2 foiziga, 10 ming sömliklar 4,4 foiziga teng. Beş ming sömlik banknotlar naqd pullarning 3,1 foizini, ikki ming sömliklar 0,6 foizini, ming sömgaça bölgan pullar 0,5 foizini taşkil etadi.

Uç oy mobaynida muomaladagi naqd pullar orasida 200 ming sömlik uluşi eng yuqori darajada ortgan — 2,1 foiz. 20 ming sömlik uluşi esa boşqa banknotlarga nisbatan köproq qisqargan — 0,9 foiz.