Jahon | 17:41 / 30.09.2016
9916
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov AQShni "Front an-Nusra"ni asrab qolishga urinishda aybladi

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning VVS muxbiriga bergan intervyusida aytishicha, AQShning Suriyada tutayotgan pozitsiyasi shuni ifodalaydiki, Vashingtondagilar "Front an-Nusra" jangarilar tashkilotini butunlay yo‘q qilishga qarshidir.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, unda "Vashington har ehtimolga qarshi bu guruhni saqlab qolishga urinayotgandek" tasavvur paydo bo‘lgan. Vazirning tasdiqlashicha, AQSh rahbarligidagi koalitsiya shu vaqtga qadar bir marta ham "Front an-Nusra" pozitsiyalariga zarba bermagan.

Halabda Rossiya va Suriya hamkorligida olib borilgan bombalash harakatlari va buning oqibatida kamida 400 kishi qurbon bo‘lgani haqidagi savolga javob berar ekan, Lavrov Moskva tinch aholi vakillari o‘rtasida qurbonlar bo‘lmasligiga imkon qadar harakat qilayotganini ta'kidlagan.

Rossiyalik vazirning qo‘shimcha qilishicha, ko‘p holatlarda "Front an-Nusra" jangarilari pozitsiyalari yonida oddiy aholi vakillari ham istiqomat qilishi qurbonlar bo‘lishidan saqlanishga imkon bermaydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid