Bugun Toşkentda MDH Taşqi işlar vazirlari kengaşining majlisi boşlanadi. Majlis kun tartibiga 16 hujjat loyihasi kiritilgan. Ular Hamdöstlik mamlakatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, huquqiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorligini rivojlantiriş, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş masalalariga qaratilgan.

Özbekiston TIV xabariga köra, MDH davlatlari delegatsiyalari Toşkentga yetib kelişdi.

Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi iştirokçi davlatlari TIV kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etiş uçun Belarus TIV rahbari Vladimir Makey, Qozoğiston TIV rahbari Kayrat Abdraxmanov, Qirğiziston TIV rahbari Erlan Abdildayev, Rossiya Federatsiyasi TIV rahbari Sergey Lavrov, Tojikiston TIV rahbari Sirodjidin Aslov, Ozarbayjon TIV rahbari örinbosari Xalaf Xalafov, Moldova Respublikasi taşqi işlar va Yevropa bilan integratsiya vaziri örinbosari Lilian Dariy, Turkmaniston TIV rahbari örinbosari Vepa Xadjiyev va MDH Ijroiya qömitasi raisi – Ijroçi kotibi Sergey Lebedev boşçiligidagi delegatsiyalar yetib kelgan.

Yiğiliş davomida taşqi işlar vazirliklari rahbarlari xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almaşadilar, Hamdöstlik doirasida hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qiladilar, hamda huquq-tartibot, madaniy va harbiy sohalarda hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan hujjatlarni tasdiqlaydilar.

Yiğilişda iştirokçi davlatlarning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni çuqurlaştiriş, şuningdek barqaror rivojlanişni ta'minlaşda köp tomonlama hamkorligiga oid 15ta masala muhokama qilinişi rejalaştirilmoqda.

Jumladan, Toşkentda terrorizmga qarşi kuraşga qaratilgan qator hujjatlar tasdiqlanişi kutilmoqda.