Texnologiya | 19:27 / 01.10.2016
6778
2 daqiqa o‘qiladi

Audi Meksikada yangi zavodini ishga tushirdi

Shimoliy Amerikada Germaniyaning Audi kompaniyasiga tegishli birinchi zavod o‘z ishini boshladi. U Meksikaning Puebla shtati San-Xose-Chyapa shahrida joylashgan bo‘lib, 4 300 kishini ish bilan ta'minlaydi. Zavodning quvvati yiliga 150 ming avtomobil ishlab chiqarishni tashkil etadi. Kompaniyaning mazkur zavodida yig‘iladigan ilk mashinasi shu kunlarda taqdimoti bo‘lib o‘tgan Audi Q5 krossoveri bo‘ladi. 

Zavod qurilishiga 1 mlrd yevro atrofida mablag‘ sarflangan. 

«Bizning Meksikadagi fabrikamiz Audi kompaniyasining «aqlli» zavodiga yaqqol misol bo‘la oladi. U, kompyuter simulyatsiyasi yordamida foydalanishga topshirilgan ilk zavod bo‘ldi, — deya izoh bergan Audi boshqaruvi a'zosi Xubert Valtl. — Biz ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirib, zavodni odatdagidan 30 foiz tezroq ishga tushirdik».

Ta'kidlash kerak, yaqinginada Meksikada yana bir avtomobilsozlik kompaniyasi – Kia Motors o‘z zavodini ochgandi. Yiliga 400 000 ming dona ishlab chiqariluvchi sanoat maydoniga koreyslar 3 milliard dollar sarmoya kiritishgan.

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid