2026 yilgi jahon çempionati rasman start oldi. Meksika turnirning birinçi öyinida JAR ustidan işonçli ğalabaga erişdi (2:0).

Meksika – JAR 2:0
Gollar: Kiniones, 9 (1:0). Himenes, 67 (2:0)
Meksika: Ranhel, Montes, Vaskes, Galyardo, Reyyes, Lira (Alvares, 76), Fidalgo (Mora, 66), Guterres (Çaves, 66), Kiniones (Vega, 79), Alvarado, Himenes (Gonsales, 76)
JAR: Uilyams, Mbokazi, Sibisi, Okon, Modiba (Appollis, 77), Mudau, Sitole, Adams (Zvane, 61), Mokoena, Foster (Mbata, 56), Rayners (Makgopa, 77)
Ogohlantirişlar: Guterres, 23 – Mokoena, 17. Sibisi, 74
Çetlatiş: Sitole, 49. Zvane, 84. Montes, 90 

Afrikaliklar ikkinçi bölim boşida, hisob 0:1 ekanida son jihatdan ozçilik bölib qolişdi. Yaya Sitole 49-daqiqada JÇdagi debyut öyinida töğridan töğri qizil kartoçka oldi – birinçi gol urilgan vaziyatda ham aynan u xatoga yöl qöygandi. Qizil körsatilgan vaziyatda esa u Brayan Guterresni jarima maydoniga kirişda qöpollik işlatib töxtatdi – hakam buni sönggi umid foli deb baholadi.

Öyin oxirlaşganida, hisob 2:0 körinişiga kelib bölganida esa VAR aralaşuvi JAR jamoasida ikkinçi qizil kartoçkaga olib keldi. Öyinga zaxiradan qöşilgan Temba Zvane hujum vaqtida Alvaradoning boşiga qöli bilan zarba berdi. Öyin boş hakami Vilton Sampayo monitorga borib vaziyatni körib çiqdi va çöntagidan qizil kartoçkasini çiqardi.

Va bu hali hammasi emasdi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Meksika ham ön kişi bölib qoldi. Jamoa sardori Sesar Montes darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib borayotgan Kxuliso Mudauni yiqitdi.

Oçiliş öyinidagi uçta qizil kartoçka – JÇ tarixida ilk bor kuzatilmoqda. 

Yana nimalar böldi: Himenesning JÇdagi ilk goli, 17 yoşli meksikalik debyuti

Meksika tarkiblar teng holatda ham, köpçilik bölib olganida ham kuçli öyin namoyiş etdi.