Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung yog‘ va suvni qaytaruvchi shisha ishlab chiqdi
Yuqori texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi kunda smartfondan foydalanmayotgan kishini topish ancha mushkul ish. Biroq, ularning smartfondagi g‘ashiga teguvchi narsa — bir lahzada barmoq izlari va changni o‘ziga olishidir. Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi ushbu muammoning ham yechimini topganini da'vo qilib, yangi ixtirosi uchun patent olishga muvaffaq ham bo‘ldi. Yangi shisha turi moy va suvni o‘ziga yuqtirmasligi ta'kidlanmoqda. Bu haqdagi videolavha Ouk Rijdagi Milliy laboratoriyaning YouTube-kanaliga joylashtirilgan.
Shunday qilib, tez orada smartfon foydalanuvchilari telefon ekranida iz qolishidan nolimasliklari aniq. Agar oddiy suvga chidamli material 90 daraja burchakda tushgan suvni o‘ziga yuqtirmasa, yangi ishlanma supergidrofob hisoblanadi. Yangi polimer 150 daraja burchakda tushgan suvni ham o‘ziga yuqtirmaydi hamda yuzada iz qoldirmaydi.
Rasman yangi material shaffof polimer hisoblanadi, biroq, ekspertlarning uqdirishlaricha, ishlab chiqaruvchi uni ekranni himoya qiluvchi va orqa qopqoqlarni ishlab chiqarishda foydalanish niyatida. Mutaxassis, videoda yangi polimer bilan ishlov berilgan shisha suvni qanday singdirmasligini namoyish etgan.
Mavzuga oid
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
15:00 / 10.03.2026
Yangi Samsung Galaxy S26 Ultra Global Mobile Awards 2026 da mukofotini qo‘lga kiritdi
21:00 / 25.02.2026
Samsung’dan mobil suratga olishning yangi davri
20:35 / 08.02.2026