Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung "portlovchi" smartfonlarini qayta sotuvga chiqardi
Elektronikalar ishlab chiqaruvchisi bo‘lmish Samsung Electronics kompaniyasi 1 oktabrdan boshlab, Janubiy Koreyada Galaxy Note 7 smartfonlari sotuvini qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya vakili ma'lumotiga asoslanib, Yonhap agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, dastlabki buyurtmalar asosida birinchi kunning o‘zida 16 mingta qurilma sotilgan. Tahlilchilar prognoziga ko‘ra, smartfonlarning keyingi sotuvi kuniga 20 ming donaga chiqadi.
Sentyabr boshida Samsung qiymati 1 mlrd dollardan kam bo‘lmagan zararga duch kelgan edi. Bu yangi Galaxy Note 7 smartfonining bozordagi omadsizligi bilan bog‘langandi. Shu bois kompaniya ushbu smartfonlarining ma'lum qismini bozordan chaqirib olishiga to‘g‘ri keldi.
Mavzuga oid
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026