Sport | 18:53 / 01.10.2016
4691
1 daqiqa o‘qiladi
«Toshkent open – 2016» xalqaro tennis turnirida chexiyalik sportchi g‘olib bo‘ldi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Toshkent open – 2016» xalqaro tennis turnirida chexiyalik sportchi Kristina Plishkova g‘olib bo‘ldi.
Musobaqaning hal qiluvchi bahsida u yaponiyalik tennischi Nao Xibino ustidan 6:3, 2:6, 6:3 hisobida ustun keldi.
24 yashar Kristina Plishkova uchun yakkalik bahslarida WTA g‘olibligi faoliyatidagi birinchi shohsupa hisoblanadi.